Live
1
O'zbek

Svitolina Xitoydagi musobaqa 1/4 finalida dunyoning 170-raketkasiga yutqazib qo‘ydi

Tennis
16 oktabr, 04:34
Dunyoning 6-raketkasi hisoblangan ukrainalik tennischi Uhanda o‘tayotgan WTA-1000 musobaqasi 1/2 finaliga chiqa olmadi.
Svitolina Xitoydagi musobaqa 1/4 finalida dunyoning 170-raketkasiga yutqazib qo‘ydi
Foto: Gettyimages

Kutilmaganda, dunyoning oltinchi raqamli raketkasi, ukrainalik tennischi Elina Svitolina Xitoyning Uhan shahrida o‘tkazilayotgan WTA-1000 musobaqasi 1/2 finali yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmadi. Chorak final bahsida Elina britaniyalik Sonay Kartalga (reytingda 170-o‘rin) 2:6, 6:2, 4:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

1 soat 59 daqiqa davom etgan bahsda Svitolina uchta eys amalga oshirib, ikki bor qo‘sh xatoga yo‘l qo‘ydi va yettitadan ikkita breyk-pointdan unumli foydalandi. Qiziq tomoni, Kartal uchrashuv davomida birorta ham eys amalga oshirgani yo‘q, bitta qo‘sh xatoga yo‘l qo‘yib, yettita imkoniyatdan uch bor breyk-pointdan samarali foydalana oldi.

Ma’lumot uchun, endi Uhandagi musobaqa final yo‘llanmasi uchun Sonay Kartal latviyalik Yelena Ostapenkoga qarshi kortga chiqadi.

Bugungi yangiliklar