Bugun
30
O'zbek

Saloh yevrokuboklarda tarixiy natijaga erishdi

Futbol
16 oktabr, 02:35
    2
«Trabzonspor» Konferensiyalar Ligasi umumiy bosqich 1-turida KuPS klubini mag‘lubiyatga uchratdi.
Saloh yevrokuboklarda tarixiy natijaga erishdi
Foto: Gettyimages

Ushbu uchrashuvda «Trabzonspor» safida misrlik hujumchi Muhammad Saloh gol urdi va golli uzatma yetkazib berdi.

Misrlik futbolchi Yevrokubokning barcha uchta turnirida: Chempionlar ligasi, Yevropa ligasi va Konferensiyalar ligasida gol urgan va golli uzatmani amalga oshirgan tarixdagi birinchi futbolchiga aylandi, deb xabar bermoqda Football tweet X ijtimoiy tarmog‘ida.

Ma’lumot uchun, Konferensiyalar ligasining navbatdagi turida «Trabzonspor» o‘z maydonida Shotlandiyaning «Harts» jamoasiga qarshi maydonga tushadi. O‘yin 22-oktyabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Konferensiyalar ligasining amaldagi g‘olibi Angliyaning «Kristal Pelas» klubi hisoblanadi.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

2 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar