Bugun
30
O'zbek

«Marsel» bosh murabbiyi: «Har o‘yindan keyin deyarli bir xil narsani takrorlayverish qiyin»

Futbol
16 oktabr, 01:01
Bruno Jenezio Yevropa ligasi umumiy bosqichi 2-turida «Olimpiakos»dan uchralgan (0:1) mag‘lubiyatga izoh berdi.
«Marsel» bosh murabbiyi: «Har o‘yindan keyin deyarli bir xil narsani takrorlayverish qiyin»
Foto: Gettyimages
15.10.2026 FT Yevropa ligasi Marseille Marseille 0 : 1 Olympiacos Olympiacos

«Marsel» klubi bosh murabbiyi Bruno Jenezio Yevropa ligasi umumiy bosqichi 2-turidan o‘rin olgan «Olimpiakos»ga qarshi bahsda (0:1) jamoasining mag‘lubiyatiga izoh berdi.

«Sakkizta o‘yin o‘tkazib, bor-yo‘g‘i ikkita g‘alaba qozondik. Har bir o‘yindan keyin deyarli bir xil narsani takrorlash qiyin. Bu umidsizlikka va hatto g‘azabga sabab bo‘ladi. Ko‘p narsa, ancha ko‘prog‘i kerak. Bo‘layotgan voqealarning izohlari ham bor. Biz murabbiylar shtabi bilan bu yerda to‘rt oydan beri ishlayapmiz va tezroq oldinga siljishimiz kerak», - deya Jenezio Footmercato so‘zlarini keltiradi.

Ma’lumot uchun, mazkur g‘alaba tufayli «Olimpiakos» ikki o‘yindan keyin maksimal 6 ochkodan oltitasini qo‘lga kiritdi, «Marsel» esa kutilmaganda ikki o‘yinda birorta ham ochko jamg‘ara olmadi. Mos ravishda Gretsiya vakili 10-o‘rinni egallab turibdi, fransuzlar esa 36 jamoa ichida 32-pog‘onani band etgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Marseille Marseille
  • Olympiacos Olympiacos
  • Yevropa ligasi Yevropa ligasi
Yangi muhokama

Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring

Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar