Bugun
30
O'zbek

«Siti» yevrokuboklardan 7-— 10 yilga chetlatilishi mumkin

Futbol
16 oktabr, 04:00
    15
UYEFA Manchester klubini uzoq muddatga barcha yevrokuboklardan chetlatishi mumkin.
«Siti» yevrokuboklardan 7-— 10 yilga chetlatilishi mumkin
Foto: Gettyimages

Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UYEFA) agar klub apellyatsiya arizasidan keyin ham APL moliyaviy qoidalarini buzganlikda aybdor deb topilsa, «Manchester Siti»ni-barcha-yevrokuboklardan 7 — 10 yilga chetlashtirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Sezar Augusto Londono X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi orqali xabar berdi.

Premer-liganing mustaqil komissiyasi «Manchester-Siti»ni 2009-yildan — 2018-yilgacha sodir etilgan moliyaviy qonunbuzarliklar bo‘yicha 115 ta ayblovning deyarli barchasida aybdor deb topdi. Komissiya ma’lumotlariga ko‘ra, «shaharliklar» daromadlarni taxminan 830 million funt sterlingga oshirib ko‘rsatgan, qoidabuzarliklarning umumiy qiymati esa 900 million funt sterlingdan oshgan.

Eslatib-o‘tamiz, 2020-yilda-Sport arbitraj sudi (CAS) UYEFAning «Manchester Siti»ni moliyaviy adolatli o‘yin qoidalarini buzgani uchun ikki mavsumga yevrokuboklardan chetlatish haqidagi taqiqini bekor qilgan edi.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

15 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar