Superliga 24-turida «Qo‘qon-1912» klubi o‘z maydonida «Neftchi»ga 2:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Derbidan so‘ng qo‘qonliklar bosh murabbiyi Andrey Shipilov matbuot anjumanida fikrlarini aytib o‘tdi.
— Biz o‘yinni yomon boshlamadik. Dastlabki 12–15 daqiqa davomida juda yaxshi o‘ynadik, maydonda ustunlikka ega bo‘ldik. Balki «Neftchi» jamoasi bunga tayyor emasdir yoki uzoq parvozdan keyin charchagandir. Har holda yaxshi boshladik, chiroyli gol urdik. Hammasi yaxshi ketayotgan edi. Ammo futbolda bo‘lib turadi, 6 ta gol urildi... gollar o‘tkazib yubordik. Bu vaziyatni tushunish qiyin bo‘ldi.
Bizning ham vaziyatimiz oson emas. Bir jamoa chempionlik uchun kurashyapti, biz esa... Hozirgi holatimiz unchalik qulay emas. Har bir o‘yinda maydonga tushib, g‘alaba qozonishimiz kerak. Ammo bugun buning uddasidan chiqa olmadik.
— Nimeli nega maydonga tushirilmadi?
— Yo‘q, bu savolingizni ochiq qoldirganim ma’qul. Ingliz tilida qanday deyiladi? «No comment» — izoh yo‘q.
— Javohir Siddiqov haqida nima deya olasiz?
— Bu savolni uning o‘zidan so‘rang. U shu yerda, hozir xonada. Oldiga borib, savollaringizni bering. Men ham bu haqda bilmayman, menga ham ma’lum emas.
Meni yaxshi taniysiz-ku, men sizlarga doim o‘z fikrimni ochiq aytaman. Hozir ham savol berdingiz, men esa bilmasligimni aytdim. Ha, men bosh murabbiyman, lekin bu masalada ma’lumotim yo‘q. Uning oldiga borib, o‘zidan so‘rang. Men bilmayman», — deya Andrey Sergeyevichning so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz muxbiri.
Andrey Shipilov: «Nimeli nega tushmadi? No comment. Siddiqovning tushmaganini esa o‘zidan so‘rang»
Futbol
16 oktabr, 14:41
«Qo‘qon-1912» ustozi «Neftchi»dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
Foto: FC Kokand
16.10.2026
FT
O‘zbekiston Superligasi
Qo'qon-1912
2
:
4
Neftchi Fargona