Live
6
O'zbek

OFK prezidenti O‘zbekistonga tashrif buyurdi

Futbol
16 oktabr, 14:58
Shayx Salmon boshchiligidagi delegatsiya 16–18 oktabr kunlari Toshkentda bo‘ladi.
OFK prezidenti O‘zbekistonga tashrif buyurdi
Foto: UFA

Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (OFK) prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifa boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

O‘FA matbuot xizmati yozishicha, delegatsiya 16–18 oktabr kunlari Toshkentda bo‘ladi.

Tashrif doirasida O‘zbekistonda futbolni yanada ommalashtirish, uning infratuzilmasini rivojlantirish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan qator muhim loyihalar va obyektlar bilan tanishish rejalashtirilgan.

Bugungi yangiliklar