«PSJ» 18 yoshli hujumchi Ibrahim Mbaye «Aston Villa» futbolchisiga aylanganini rasman e’lon qildi.
Mbaye «PSJ» akademiyasiga 10 yoshida, 2018 yilda qo‘shilgan va klubning barcha yoshlar jamoalarida faoliyat yuritgan. U 2024 yilda, 16 yoshida Parij klubining asosiy tarkibida debyut qilgan.
«PSJ» futbolchining rivojlanishidan faxrlanishini, unga minnatdorlik bildirishini va faoliyatida muvaffaqiyat tilashini ma’lum qildi.
Mbaye parijliklar safida asosiy jamoa tarkibida 8 ta sovrinni qo‘lga kiritgan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi