«Hall Siti» «Yunion Berlin» hujumchisi Ilyas Ansa transferi bo‘yicha kelishuvga erishganini rasman tasdiqladi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar berdi.
Tomonlar o‘rtasidagi kelishuvning umumiy qiymati 20 mln yevrodan oshadi. Ansa yangi jamoasida hujum chizig‘ini kuchaytirishi kutilmoqda.
21 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda «Yunion Berlin» safida 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urgan.
Ansaning transferi «Hall Siti» uchun yozgi transfer oynasidagi eng yirik xaridlardan biriga aylandi.