«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik 39 yoshli Lionel Messining Argentina milliy jamoasidan ketishi haqida fikr bildirdi.
«Messi – dunyodagi eng yaxshi o‘yinchi. U ajoyib. Uning jahon chempionatidagi o‘yini menga juda yoqdi. Uning musobaqadagi ishtiroki fantastik bo‘ldi. Bir tomondan, uning ketganidan xafaman, lekin hayot shunday. U ajoyib faoliyat o‘tkazdi. Eng zo‘ri va buni jahon chempionatida isbotladi», — deya Flikning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Foot Mercato.
Ma’lumot uchun, avvalroq Messi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Argentina milliy jamoasi bilan xayrlashuv maktubini e’lon qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u buni 2026 yilgi jahon chempionatining mag‘lubiyatli finalidan ikki kun o‘tib yozgan, biroq faqat hozirgina milliy jamoadagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qilishga qaror qilgan.