«Atletiko» hujumchisi Xulian Alvares jamoada qolishga qaror qildi. Bu haqda jurnalist va insayder Belen Sanches Garsiya xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 26 yoshli futbolchi «Arsenal»ning taklifini rad etgan. Shuningdek, argentinalik hujumchi boshqa klublarning ayrim takliflariga ham javob bermagan.
Avvalroq Alvares «Atletiko» rahbariyatidan uni «Barselona»ga qo‘yib yuborishni so‘ragan, biroq Madrid klubi kataloniyaliklar bilan muzokara olib borishdan bosh tortgandi.
Shuningdek, hujumchi joriy yozda «Atletiko»ni tark eta olmasligini qabul qilgani va jamoadoshlari bilan mashg‘ulotlarga qaytgani haqida xabar berilgandi.
Alvares o‘tgan mavsumda Madrid klubi safida 49 ta bahsda 20 ta gol va 9 ta assist qayd etgan.