Bugun
15
O'zbek

Devid «Atletiko» uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tishga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Futbol
1 sentabr, 05:34
Kanada milliy jamoasi forvardi Turindan Madridga ko‘chib o‘tadi.
Devid «Atletiko» uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tishga tayyorgarlik ko‘rmoqda
Foto: Gettyimages

Kanadalik hujumchi Jonatan Devid Turinning «Yuventus» klubidan Madridning «Atletiko» jamoasi safiga borib qo‘shilishga yaqin turibdi.

Insayder Nikolo Skiraning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali xabar berishicha, 1-sentyabr kuni futbolchi «matraschilar» uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.

Shundan so‘ng tomonlar ijara shartnomasini imzolaydilar. Ispaniyalik top-klub 25 million yevro evaziga sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

26 yoshli kanadalik forvard o‘tgan yilning yozidan buyon Turin jamoasi safida to‘p tepmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma muddati 2030-yil iyun oyi oxirida tugaydi.

Ma’lumot uchun, Italiya A Seriyasining o‘tgan mavsumida Jonatan 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma yetkazib berdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Atletico Madrid Atletico Madrid
  • Yuventus Yuventus
Bugungi yangiliklar