«Yuventus» hujumchisi Jonatan Devid faoliyatini «Atletiko»da davom ettiradi.
Insayder Fabrisio Romanoning xabar berishicha, Madrid klubi kanadalik 26 yoshli futbolchining transferi bo‘yicha turinliklar bilan kelishuvga erishgan. Devid «matraschilar» safiga ijara asosida o‘tadi.
Kelishuvda futbolchini keyinchalik to‘liq sotib olish huquqi ham ko‘zda tutilgan. Shuningdek, Ispaniya klubi hujumchining maoshining yarmidan ko‘proq qismini o‘z zimmasiga oladi.
Ma’lumot uchun, Jonatan 2025 yil yozidan buyon «Yuventus» sharafini himoya qilib kelmoqda. U «Lill» bilan shartnomasi yakunlanganidan so‘ng Turin klubiga erkin agent sifatida qo‘shilgan va 2030 yil iyuniga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolagan. Bu vaqt davomida u klub safida 47 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urgan va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring
Muhokamaga o‘tishIzohlar Telegram’da ochiladi