Live
12
O'zbek

Jezusning ehtimoliy transferi «Barselona»ning Alvares bo‘yicha rejalariga ta’sir qilmaydi — Manba

Futbol
30 avgust, 08:55
Kataloniya klubi «Arsenal» hujumchisini Xulian Alvaresga muqobil emas, alohida variant sifatida ko‘rmoqda.
Jezusning ehtimoliy transferi «Barselona»ning Alvares bo‘yicha rejalariga ta’sir qilmaydi — Manba
Foto: Getty Images

«Barselona» hujumchisi Gabriel Jezusning klubga ehtimoliy transferi kataloniyaliklarning «Atletiko» forvardi Xulian Alvares bo‘yicha rejalariga ta’sir qilmaydi. Bu haqda Mundo Deportivo jurnalisti Fernando Polo xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «Barselona» Alvaresga qiziqishini saqlab qolmoqda va argentinalik futbolchini kelasi transfer oynasida qo‘lga kiritish uchun yana bir bor urinib ko‘rishi mumkin.

Shu sababli Jezus «Barselona» uchun Alvaresning yakuniy muqobili hisoblanmaydi. Kataloniya klubi braziliyalik hujumchini hujum chizig‘ini kuchaytirishning alohida varianti sifatida ko‘rmoqda.

Avvalroq «Barselona» 29 yoshli Jezusning transferi bo‘yicha ish boshlagani haqida xabar berilgandi. Braziliyalik futbolchining «Arsenal» bilan shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Atletico Madrid Atletico Madrid
  • Arsenal Arsenal
Bugungi yangiliklar