Live
12
O'zbek

Niderlandiya futbol federatsiyasi: «Biz endi Infantinoga ishonmaymiz»

Futbol
30 avgust, 09:30
KNVB FIFA rahbariyatini o‘zgartirish va tashkilot boshqaruvini kuchaytirishga chaqirdi.
Niderlandiya futbol federatsiyasi: «Biz endi Infantinoga ishonmaymiz»
Foto: Getty Images

Niderlandiya Qirollik futbol ittifoqi (KNVB) FIFA kelajagi va tashkilot prezidenti Janni Infantinoning faoliyati yuzasidan keskin bayonot berdi.

Federatsiya Infantinoning rahbariyatiga endi ishonmasligini ma’lum qilib, FIFAning o‘zi ham tizimli o‘zgarishlarga muhtoj ekanini ta’kidladi.

«FIFA kelajagi uning prezidentidan kattaroq bo‘lishi kerak. KNVB Janni Infantinoning rahbariyatiga endi ishonmaydi. Ammo gap faqat bir inson haqida emas. FIFAning o‘zi o‘zgarishi kerak. Kuchliroq boshqaruv, katta ijtimoiy mas’uliyat va butun dunyo futboliga ko‘proq investitsiya zarur.

Biz 211 ta milliy assotsiatsiya va konfederatsiyani birgalikda FIFA kelajagini shakllantirishga chaqiramiz. Futbol olami bilan birgalikda yaratilgan global kun tartibi kerak. Avval — qarashlar. Keyin — nomzod. Suhbatni boshlash vaqti keldi», — deyiladi KNVB bayonotida.

Niderlandiya federatsiyasi murojaatni «Bizning o‘yinimiz. Bizning FIFA. Bizning kelajagimiz» shiori ostida e’lon qildi.

Bugungi yangiliklar