Live
8
O'zbek

Shveytsariya Superligasi. Karimov zaxiradan maydonga tushgan bahsda «Lugano» qiyinchilik bilan g‘alaba qozondi

Futbol
30 avgust, 09:55
Jamoa chempionatda yuz foizlik natija bilan peshqadamlik qilmoqda.
Shveytsariya Superligasi. Karimov zaxiradan maydonga tushgan bahsda «Lugano» qiyinchilik bilan g‘alaba qozondi
Foto: FC Lugano

Shveytsariya Superligasining 5-turidan o‘rin olgan «Sion» va «Lugano» jamoalari o‘rtasidagi bahs yakuniga yetdi.

Unda mehmonlar 2:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. «Lugano» safida o‘zbekistonlik himoyachi Behruz Karimov 75-daqiqada zaxiradan maydonga tushirildi. Shuningdek, futbolchi 90+1-daqiqada vaqtni cho‘zgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng uning jamoasi 4 ta o‘yindan so‘ng yuz foizlik natija qayd etgan holda chempionatda peshqadamlik qilmoqda. «Lugano» navbatdagi o‘yinini 3 sentyabr kuni «Servet» klubiga qarshi o‘tkazadi.

Avvalroq «Lugano»ning Konferensiyalar Ligasi guruh bosqichiga yo‘llanma olgani ma’lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • FC Sion FC Sion
  • FC Lugano FC Lugano
  • Shveysariya Superligasi Shveysariya Superligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

3 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar