Live
14
O'zbek

Behruz Karimov debyut o‘tkazgan bahsda «Lugano» YeKL guruh bosqichiga yo‘llanma oldi

Futbol
27 avgust, 14:05
Karimov 82-daqiqada Renato Shteffen o‘rniga maydonga tushdi.
Behruz Karimov debyut o‘tkazgan bahsda «Lugano» YeKL guruh bosqichiga yo‘llanma oldi
Фото: Getty Images

Yevropa Konferensiyalar ligasi saralashi doirasidagi «Lugano» klubi «Makkabi Tel-Aviv» mehmoni bo‘ldi. Bellashuv 1:1 hisobida yakuniga yetdi.

Jamoalarning dastlabki bellashuvida «Lugano» 2:1 hisobida g‘alaba qozongandi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, shveysariyaliklar turnirning umumiy guruh bosqichiga yo‘llanma oldi.

O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Behruz Karimov 82-daqiqada Renato Shteffen o‘rniga maydonga tushdi. Bu uning yangi jamoasidagi debyuti edi.

YKL saralashi
Makkabi Tel-Aviv - Lugano 1:1
Gollar:
Peres (69-penaltidan, 1:0), Derek Monkada (79, 1:1).
Dastlabki uchrashuv - 1:2.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar