Ozarbayjonning «Sabah» jamoasi Chempionlar ligasining umumiy bosqichiga chiqqani uchun 60 ming manat (taxminan 35 ming dollar) miqdorda bonus oladi. Bu haqda Sport24.az nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, jamoaning tarixiy natijasiga hissa qo‘shgan har bir futbolchi 60 ming manatdan bonus oladi. Ular orasida o‘zbekistonlik yarimhimoyachi Umarali Rahmonaliyev ham bor.
Aynan u «Hapoel»ga qarshi (5:2) javob uchrashuvida gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Pley-off bosqichining ikkinchi uchrashuvida zaxirada qolgan futbolchilar esa asosiy bonusning 50 foizini, ya’ni 30 ming manat oladi.