Argentina milliy jamoasiga sentyabr oyida Xitoyda o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazish taklifi tushgan. Bu haqda ESPN Argentina xabar berdi.
Xitoylik tashkilotchilarning dastlabki taklifi rad etilgan, chunki ular uchrashuvda Lionel Messining majburiy ishtirok etishini talab qilgan. Qayd etilishicha, muzokaralar qayta boshlangan, ammo 39 yoshli futbolchining ishtirok etish masalasi hali ham ochiq qolmoqda.
Ma’lum qilinishicha, Argentina 30 sentyabr kuni Xitoyda O‘zbekiston milliy jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi mumkin. Ikkinchi ehtimoliy raqib hozircha aniqlanmagan.
Eslatib o‘tamiz, 2026 yilgi jahon chempionatida Argentina finalga qadar yetib borib, hal qiluvchi bahsda Ispaniyaga qo‘shimcha vaqtda 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi