Bugun
20
O'zbek

La Liga. «Real» o‘z maydonida «Real Sosiyedad»ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi

Futbol
26 avgust, 17:01
Madridliklar qoldirilgan 1-tur bahsida 4:1 hisobida g‘alaba qozondi, Kilian Mbappe esa het-trik qayd etdi.
La Liga. «Real» o‘z maydonida «Real Sosiyedad»ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi
Foto: Getty Images
26.08.2026 FT Ispaniya La Ligasi Real Madrid Real Madrid 4 : 1 Real Sociedad Real Sociedad

La Liganing 1-turidan o‘rin olgan qoldirilgan bahsda «Real» o‘z maydonida «Real Sosiyedad»ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi.

Kilian Mbappe 40-daqiqada hisobni ochdi. Oradan to‘rt daqiqa o‘tib, Luka Suchich muvozanatni tikladi. Ikkinchi bo‘limda Mbappe yana ikki bor — 60 va 80-daqiqalarda raqib darvozasini ishg‘ol qilib, het-trikini rasmiylashtirdi. 68-daqiqada Vinisius Junior ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.

La Liga. 1-tur
Real - Real Sosiyedad 4:1
Gollar: Mbappe 40, 60, 80, Vinisius Junior 68 - Suchich 44
Ogohlantirish: Alvaro Karreras 10, Yanxel Errera 31, Xon Aramburu 45+2, Luken Beytiya 72, Ibraima Konate 73, Eduardu Kamavinga 90+4

Real: Tibo Kurtua, Ibraima Konate, Din Heysen, Denzel Dumfris, Alvaro Karreras (Mark Kukurelya, 46), Bernardu Silva (Karlos Espi, 86), Federiko Valverde, Arda Guler (Brahim Dias, 78), Jud Bellinghem (Eduardu Kamavinga, 78), Vinisius Junior (Yan Diomande, 84), Kilian Mbappe.
Real Sosiyedad: Aleks Remiro, Xon Aramburu (Igor Subeldiya, 57), Xon Martin, Serxio Gomes, Luken Beytiya, Yanxel Errera (Karlos Soler, 66), Takefusa Kubo (Gonsalu Gedesh, 74), Luka Suchich, Benyat Turrentes, Mikel Oyarsabal (Orri Ouskarsson, 57), Job Ochieng (Ander Barrenechea, 66).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Real Sociedad Real Sociedad
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

15+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar