«Real» hujumchisi Kilian Mbappe klub tarixida 100 ta gol+pasga eng tez yetgan ikkinchi futbolchiga aylandi.
Ispaniya chempionatining birinchi turida madridliklar o‘z maydonida «Real Sosyedad»ni yirik hisobda mag‘lub etdi — 4:1. «Qirollik klubi» tarkibida Kilian uchta gol urdi.
Ushbu gollar evaziga Mbappe «Real»ga qo‘shilganidan buyon 100 ta samarali harakatdan iborat marrani zabt etdi. Endi fransiyalik hujumchining hisobida 89 ta gol va 12 ta assist bor.
Bu borada undan faqat Krishtianu Ronaldu ustun. Portugaliyalik forvard bu natijaga 86 ta o‘yinda erishgan. Mbappega esa 105 ta uchrashuv kerak bo‘ldi.