Joze Mourinio 13 yildan so‘ng Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi sifatida «Bernabeu»da ilk bor o‘yin o‘tkazdi va bu haqda o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Mening «Bernabeu»ga qaytishim yaxshi yakunlandi, endi o‘yinlar oldidan asabiylashmayman. O‘tgan safar bu yerga «Benfika» bilan (fevral oyida) kelganimda, uchrashuvni avtoturargohda ko‘rishga to‘g‘ri kelgandi.
Bu safar esa zaxira o‘rindig‘ida o‘tirib kuzatishim mumkin bo‘ldi», — deya Mourinioning so‘zlarini keltiradi Madrid Universal.
Ma’lumot o‘rnida, «qirollik klubi» o‘z maydonida «Real Sosyedad»ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi. Kilian Mbappe het-trik qayd etgan bo‘lsa, yana bir golni Vinisius Junior urdi.