«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinio La Liga doirasidagi «Real Sosyedad»ga qarshi o‘yin (4:1)dan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
«Real Sosyedad» — yaxshi jamoa, ular bizga ko‘p muammo tug‘dirishdi. Bunday o‘yinlarda 20 yoki 25-daqiqalarda tanaffus qilib, suv ichish va gaplashib olish imkoniyati bo‘lishini istardik.
Biz gol o‘tkazib yuborgan vaziyatda kutilmaganda himoyada ochilib qoldik. Raqib katta xavf tug‘dirmayotgandi, ammo unga qarshi pressing qilish biz uchun qiyin bo‘ldi.
Ikkinchi bo‘limda o‘zgarishlar qildik. Xotirjamlikni saqlash muhim edi, chunki aniq yo‘nalishsiz ko‘r-ko‘rona pressing qilish yanada qiyin bo‘lardi. Biz diqqatni yo‘qotmadik va ikkinchi bo‘limni juda, juda yaxshi o‘tkazdik.
Men qilishni yoqtirmaydigan, ammo ba’zan majbur bo‘ladigan bir narsa bor. Alohida futbolchilar haqida gapirishni yoqtirmayman, ammo Kilian Mbappe qilgan ish... Bu aqlbovar qilmas daraja.
Bizda juda yuqori saviyadagi futbolchilar borligini inkor eta olmaymiz. Ular yaxshi o‘ynashdi, astoydil mehnat qilishdi va bir-birlarini qo‘llab-quvvatlashdi.
Birinchi bo‘limdan ko‘ngli qolganiga qaramay, muxlislar yigitlar juda ko‘p mehnat qilganini tan olishmoqda», — dedi «Real» bosh murabbiyi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi