Madridliklar yarimhimoyachisi Federiko Valverde «Real Sosiyedad» ustidan qozonilgan 4:1 hisobidagi g‘alabadan so‘ng uchrashuv haqida fikr bildirdi. U Kilian Mbappening uchta goli va jamoaning ikkinchi bo‘limdagi o‘yinini alohida ta’kidladi.
«Jamoa diqqatni jamlaganini, oldinga intilganini ko‘rdim. Biz juda yaxshi ishladik, faqat birinchi golni urganimizdan keyin biroz sabr yetishmadi va ular hisobni tenglashtirdi. Tanaffusdagi suhbat bizga foyda berdi, ikkinchi bo‘lim esa ajoyib o‘tdi», — dedi Valverde.
Yarimhimoyachi tanaffusda asosan pressing haqida gaplashilganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, raqib maydonida to‘pni qaytarib olish qiyin kechgan va jamoa bu jihatni ikkinchi bo‘limda tuzatgan.
Mbappening o‘yini haqida gapirar ekan, Valverde fransiyalik hujumchini yuqori baholadi.
«Ajoyib, hayratlanarli. Biz undan maksimal darajada foydalanishimiz, gol urishi va xursand bo‘lishi uchun unga to‘p yetkazib berishimiz kerak. Bugun qilgan ishlarini u yil davomida ko‘p marta amalga oshiradi», — dedi futbolchi.
Ma’lumot uchun, Mbappe «Real»ning «Real Sosiyedad»ga qarshi bahsida 40, 60 va 80 daqiqalarda gol urib, het-trik qayd etdi. Vinisius Junior ham bitta gol urdi.