Bugun
43
O'zbek

Mourinio Mbappening bir mavsumda 60 ta gol urishi mumkinligi haqida gapirdi

Futbol
27 avgust, 05:54
Murabbiy hujumchining shaxsiy statistikasidan ko‘ra jamoaviy sovrinlarni ustun qo‘yishini ta’kidladi.
Mourinio Mbappening bir mavsumda 60 ta gol urishi mumkinligi haqida gapirdi
Foto: Getty Images
26.08.2026 FT Ispaniya La Ligasi Real Madrid Real Madrid 4 : 1 Real Sociedad Real Sociedad

«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinio Kilian Mbappening mavsumdagi gollari soni haqida fikr bildirdi. Fransiyalik hujumchi La Liganing «Real Sosiyedad»ga qarshi bahsida het-trik qayd etib, jamoasining 4:1 hisobidagi g‘alabasiga hissa qo‘shdi.

«Kilian ajoyib futbolchi. U 40, 50 yoki 60 ta gol urishini ayta olmayman. Men sovrinlar bilan 40 ta gol urishini, sovrinsiz 60 ta gol urishidan afzal ko‘raman.

Men uning jamoa uchun ko‘proq ishlagan holda 40 ta gol urishini, faqat o‘zi uchun o‘ynab 60 ta gol urishidan ustun qo‘yaman. Kilian bilan bog‘liq vaziyatdan juda mamnunman», — dedi Mourinio.

Mutaxassis Mbappening jamoa rivojiga qo‘shayotgan hissasi, mas’uliyatni o‘z zimmasiga olayotgani va mehnatsevarligini ham alohida e’tirof etdi.

Mourinio hujumchini «Real Sosiyedad»ga qarshi bahsda to‘liq 90 daqiqa maydonda qoldirganini va hatto to‘rtinchi golni urishiga umid qilganini aytdi. Vinisius Junior gol urganidan so‘ng esa uni zaxiraga olishga qaror qilgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Real Sociedad Real Sociedad
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar