Bugun
20
O'zbek

YCHL. «Fenerbahche», AEK va «Viking» umumiy guruh bosqichiga yo‘l oldi

Futbol
26 avgust, 17:15
Turkiya, Gretsiya va Norvegiya klublari pley-off bosqichidagi javob bahslaridan muvaffaqiyatli o‘tdi.
YCHL. «Fenerbahche», AEK va «Viking» umumiy guruh bosqichiga yo‘l oldi
Foto: Getty Images

Chempionlar ligasi pley-off bosqichining javob bahslarida «Fenerbahche», AEK va «Viking» umumiy bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

«Fenerbahche» safarda «Lion»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Istanbul klubi tarkibida Vedat Muriki 24-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, 28-daqiqada Arshi Braun ikkinchi golni urdi. «Lion» 61-daqiqada Malik Fofana orqali javob qaytardi. Mezbonlarning 64 va 72-daqiqalarda urgan gollari VAR ko‘rigidan so‘ng ofsayd sabab bekor qilindi.

Jamoalar o‘rtasidagi dastlabki bahs 1:1 hisobida yakunlangan edi. Shu tariqa «Fenerbahche» ikki bahs natijasiga ko‘ra keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Gretsiyaning AEK klubi esa Sofiyaning «Levski» jamoasini 4:0 hisobida yirik hisobda mag‘lub etdi. Birinchi bahs 0:0 hisobida yakunlangan edi. AEK safida Luka Yovich 7-daqiqada hisobni ochdi. Barnabash Varga 21 va 30-daqiqalarda dubl qayd etdi. 55-daqiqada Razvan Marin yakuniy hisobni o‘rnatdi.

Yana bir bahsda Norvegiyaning «Viking» klubi Zagrebning «Dinamo»sini 3:1 hisobida mag‘lub etdi. G‘oliblar safida Zlatko Tripich, Edvin Eustbyo va Tobias Moy bittadan gol urdi.

Chempionlar ligasi. Pley-off bosqichi
Lion - Fenerbahche 1:2

Gollar: Fofana 61 - Muriki 24, Braun 28

Lion: Dominik Greyf, Eynsli Meytlend-Nayls (Kail Budash, 62), Ruben Klyuyvert, Musa Niyakate, Abner (Nikolas Talyafiko, 86), Tanner Tessmann (Pavel Shults, 76), Tayler Morton (Mads Bidstrup, 86), Korenten Tolisso, Ernest Nuama (Zakari Atekame, 62), Lois Openda, Malik Fofana.
Fenerbahche: Ederson Moraes, Nelson Semedu, Milan Shkrinyar, Neytan Ake, Arshi Braun, N'Golo Kante, Matteo Genduzi, Meyson Grinvud (Romelu Lukaku, 80), Anderson Taliska (Ismoil Yuksak, 68), Og‘uz Aydin (Dorgeles Nene, 76), Vedat Muriki (Irfan Jan Kahveji, 80).

AEK - Levski 4:0
Gollar: Yovich 7, Varga 21, 30, Marin 55

Viking - Dinamo Zagreb 3:1
Gollar: Tripich, Eustbyo, Moy.

Yangi muhokama

Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring

Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar