«Aston Villa» hujumchisi Olli Uotkins «Al Hilol»ga o‘tishga yaqin. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Birminghem klubi 30 yoshli futbolchi bo‘yicha 58,4 million yevro va bonuslar sifatida yana 2 million yevrolik taklifni qabul qilgan. Kelishuvning barcha shartlari bo‘yicha tomonlar kelishib olgan.
Yaqin kunlarda angliyalik futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tish va Ar-Riyod klubi bilan shartnoma imzolash uchun Saudiya Arabistoniga yo‘l oladi.
Ma’lumot uchun, Uotkins 2020 yildan buyon «Aston Villa» safida to‘p tepib kelmoqda. U jamoa tarkibida 278 ta uchrashuvda 108 ta gol va 47 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan.