«Aston Villa» darvozaboni Emiliano Martinez faoliyatini «Chelsi»da davom ettirishi mumkin. Bu haqida The Athletic nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, «ko‘klar» argentinalik 33 yoshli kiperni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Tomonlar o‘rtasida allaqachon ehtimoliy transfer borasida muzokaralar davom etmoqda.
Qayd etilishicha, birmingemliklar Zion Suzukini sotib olganidan so‘ng Martinez bilan xayrlashishga qarshi emas. Emiliano yangi mavsumda jamoasi tarkibida birorta o‘yinda ishtirok etgani yo‘q. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilga qadar mo‘ljallangan.
Transfermarkt ma'lumotiga ko‘ra, Martinezning bozor qiymati 12 million yevroni tashkil etadi.