“Sabah”ning oʻzbekistonlik yarimhimoyachisi Umarali Rahmonaliyev jamoasi bilan Yevropa Chempionlar ligasiga yoʻllanma olganidan soʻng oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
«Allohga shukrlar bo‘lsinki, g‘alaba qozondik. Shuncha muxlis keldi, ular bizga kuch bo‘lishdi. Bu o‘yin bilan butun Ozarboyjon xalqini birlashtirdik, desam bo‘ladi. Hayajondaman. So‘z bilan ta’riflab bo‘lmaydi.
Avvalgi bahslarda ko‘p vaziyatlar bo‘lgan, ammo foydalana olmagandik. Murabbiylar «bugun gol urishing kerak» deyishdi. Imkoniyat bo‘lishi bilan zarba berishimni aytishgandi.
YCHL asosiy bosqichida kuchsiz jamoa bo‘lmaydi. Raqib tanlamasligimiz kerak. Lekin «Bernabeu»da «Real»ga qarshi o‘ynasak, yaxshi bo‘lardi.
Endi ikki o‘zbek YCHLda o‘ynashi? (Husanov bilan) Bu ajoyib. O‘zbekistonlik muxlislar doim qo‘llab-quvvatlashadi. Endi ular Ozarboyjonga «Sabah»ning o‘yinlarini ko‘rishga ham kelishadi», — deydi Rahmonaliyev o‘yindan keyingi fleshin-intervyuda.
Umarali Rahmonaliyev: «Bernabeu"da "Real"ga qarshi o'ynasak, yaxshi bo'lardi»
Futbol
26 avgust, 02:05
O‘zbekistonlik yarimhimoyachi «Sabah» bilan YCHL asosiy bosqichiga chiqqach, o‘z fikrlarini bildirdi.
Foto: Sabah FC
25.08.2026
AET
Chempionlar ligasi
Sabah FK
5
:
2
Hapoel Beer Sheva
2
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi