Xorvatiyalik darvozabon Dominik Livakovich «Fenerbahche»dan «Barselona»ga o‘tdi. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 31 yoshli darvozabon katalon klubi bilan shartnomani imzolagan. Transfer uchun «Barselona» 2 million yevro to‘laydi, yana 2 million yevro bonuslar ko‘zda tutilgan.
«Barselona» Livakovichni ushbu mavsum oxirigacha darhol ijaraga berishni rejalashtirmoqda. 2027 yil yozida Voytsex Shchensni bilan shartnoma muddati yakunlangach, xorvatiyalik darvozabon kataloniyaliklarning ikkinchi raqamli darvozaboniga aylanishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Livakovich o‘tgan mavsumning birinchi qismini «Jirona»da, ikkinchi qismini esa Zagrebning «Dinamo» klubida ijara asosida o‘tkazdi. Shuningdek, u «Fenerbahche» safida ham bir nechta uchrashuvda maydonga tushdi. Umuman olganda, darvozabon 19 ta bahsda ishtirok etib, 18 ta gol o‘tkazib yuborgan va 8 ta uchrashuvni quruq o‘tkazgan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi