Bugun
34
O'zbek

Kunde bu mavsum «Barsa»da faqat zaxira varianti bo‘lishi mumkin

Futbol
25 avgust, 01:00
Futbolchining transfer oynasi yopilguniga qadar klubni tark etishi ehtimoli ham bor.
Kunde bu mavsum «Barsa»da faqat zaxira varianti bo‘lishi mumkin
Foto: Getty Images

«Barselona» himoyachisi Jyul Kunde bu mavsumda muntazam o‘yin amaliyotisiz qolib ketishi mumkin. Bu haqida Catalunya Radio xabar berdi.

«Ko‘k-anorranglilar» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik fransiyalik futbolchiga himoyaning o‘ng qanotida asosiy variant sifatida uni emas, Erik Garsiyani ko‘rayotganini ma’lum qilgan.

Germaniyalik mutaxassis Kunde endi qanot himoyachisi emas, asosan markaziy himoyachi sifatida ko‘rilishini tushuntirgan. Biroq futbolchining o‘z pozitsiyasida ham u faqat zaxira varianti bo‘lishi mumkin.

Futbolchining transfer oynasi yopilguniga qadar klubni tark etishi ehtimoli ham bor. «Barselona» munosib taklif tushsa, 27 yoshli himoyachini sotishga tayyor.

Avvalroq kataloniyaliklar shu yozda besh nafar futbolchisi bilan xayrlashishi mumkinligi ma’lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar