Bugun
34
O'zbek

Nevill: "Bugun kechqurun biz avvalgi Palmerni ko'rdik"

Futbol
25 avgust, 01:25
Angliyalik sobiq futbolchi Koulning o'yini haqida fikr bildirdi.
Nevill: "Bugun kechqurun biz avvalgi Palmerni ko'rdik"
Foto: Getty Images
24.08.2026 FT Angliya Premer-ligasi Fulhem Fulhem 2 : 3 Chelsi Chelsi

Angliyalik sobiq futbolchi Gari Nevill "Chelsi" yarim himoyachisi Koul Palmerning o'yini haqida fikr bildirdi.

24 yoshli futbolchi APL 1-turida "Fulhem" ustidan qo'lga kiritilgan g'alabaga (3:2) katta hissa qo'shib, bir gol va bir assist qayd etdi.

"Ehtimol, 2026 yilgi jahon chempionatida milliy jamoa tarkibiga kiritilmagani Palmer bilan sodir bo'lishi mumkin bo'lgan eng yaxshi voqeadir. Balki faoliyatida pasayish kuzatilayotgan bir paytda bu unga yaxshi turtki bo'lgandir.

Hayotda har kuni ishtiyoqni saqlab qolish zarurligini o'zingizga eslatib turish muhim. Futbolchi faoliyatida shunday pallalar bo'ladiki, forma yo'qoladi va hamma narsa avvalgidek oson kechmaydi.

Bugun kechqurun biz avvalgi Palmerni ko'rdik. U aql bovar qilmas darajada edi», — dedi Nevill Sky Sports efirida.

Ma'lumot o'rnida, o'tgan mavsum Koul APLda 26 ta uchrashuv o'tkazib, 10 gol urdi va 1 assist amalga oshirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fulhem Fulhem
  • Chelsi Chelsi
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar