«Liverpul» APLning 8-turi doirasida «Brayton»ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvdan so‘ng mersisaydliklar sardori Virjil van Deyk jamoaga yaqinda kelib qo‘shilgan Ronald Arauxoning o‘yinini yuqori baholadi.
«Arauxo kerakli paytda agressiv harakat qildi. Bizga aynan shu narsa kerak. Tomoshabinlarning bunga qanday munosabat bildirayotganini ko‘rib turibsiz.
«Enfild»da bunday harakatlarni juda yaxshi ko‘rishadi va bu energiya butun jamoaga o‘tadi», — dedi van Deyk Anfield Sector nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Arauxo «Barselona»dan «Liverpul»ga ushbu mavsum oxirigacha ijaraga berilgan. Shartnomada futbolchini sotib olish imkoniyati ham ko‘zda tutilgan.
Ma’lumot o‘rnida, mersisaydliklar APLda 15 ochko bilan turnir jadvalining to‘rtinchi pog‘onasidan joy olgan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi