Britaniyalik jurnalist Pirs Morgan «Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Artetani dunyoning eng yaxshi murabbiyi deb hisoblashini ma’lum qildi.
«The Athletic» Gvardiola ketganidan keyin Emerini APLdagi eng yaxshi murabbiy deb atadimi? Bu bema’nilik. Emeri yuqori saviyadagi mutaxassis, ammo Mikel Arteta hozir nafaqat APLda, balki butun dunyodagi eng yaxshi murabbiy», — deb yozdi Morgan ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Qayd etish lozim, ayni paytda ko‘plab nashrlar va mutaxassislar Xosep Gvardiola, Luis Enrike va Hans-Diter Flikni eng kuchli murabbiylar qatoriga kiritib kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Arteta boshchiligidagi «Arsenal» APLda chempion bo‘lib, Chempionlar Ligasi finaliga yo‘l olgan edi. Ushbu mavsumda esa londonliklar APLda 21 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.
Avvalroq Morgan Ronalduni «barcha davrlarning «Oltin to‘pi»ga loyiq deb hisoblashini aytib o‘tgandi.