Live
1
O'zbek

Valverde: «Barsa»ga qarshi g‘alabadan keyin endi ikki baravar ko‘proq ishlashimiz kerak»

Futbol
26 oktabr, 06:20
    27
«Real» sardori «Barsa»ga qarshi g‘alabadan keyin jamoa o‘yini haqida fikr bildirdi.
Valverde: «Barsa»ga qarshi g‘alabadan keyin endi ikki baravar ko‘proq ishlashimiz kerak»
Foto: Getty Images
25.10.2026 FT Ispaniya La Ligasi Barselona Barselona 1 : 2 Real Madrid Real Madrid

«Real» yarim himoyachisi va sardori Federiko Valverde «Barselona»ga qarshi g‘alabadan (2:1) keyin jamoa o‘yini haqida fikr bildirdi.

«Men juda baxtiyorman va jamoam bilan faxrlanaman. Jamoa yaxshi ishlamoqda, har bir futbolchi maydonda nima qilishi kerakligini biladi.

Jamoani jamoa qiladigan jihat ham shu — birdamlikni saqlash va zarur paytda yanada kuchayish. Asosiy omillar birdamlik, sabr-toqat, bo‘sh hududlarni topish va raqib himoya chizig‘iga hujum qilish bo‘ldi.

Birinchi bo‘limda ajoyib o‘ynadik, ikkinchi bo‘limda esa raqib oldinga o‘tib, vazifamizni qiyinlashtirdi. Biroq biz g‘alaba qozondik — eng muhimi shu.

Qatorasiga beshta g‘alaba bizga katta kuch bag‘ishlamoqda, ammo aynan shu o‘yinni o‘tkazish va unda g‘alaba qozonishni hammamiz istagandik.

Bu natija jamoa sifatida yanada rivojlanishimiz uchun katta turtki beradi. Endi ikki baravar ko‘proq ishlashimiz va o‘yinlarimiz qanchalik yaxshi o‘tishi o‘zimizga bog‘liqligini tushunishimiz kerak.

Jamoa g‘alaba qozonsa, xotirjam va baxtli uxlayman. Tanaffusda gaplashdik, murabbiy davom eta olishimni so‘radi va men harakat qilib ko‘rdim.

Podkatdan keyin oyog‘imda biroz noqulaylik sezildi. Bu ko‘proq ehtiyot chorasi edi. Bunday sheriklar bilan o‘ynash men uchun oson: ular ruhlantirib, jamoa uchun bor kuchimni berishga undaydi.

Ular bilan maydon va kiyinish xonasini baham ko‘rish men uchun sharaf. Maydonni tark etganimdan keyin ham hammaning yugurishda davom etganidan faxrlandim», — dedi Valverde «Real» klubining rasmiy saytiga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, «Real» La Liganing 10-turida «Barselona»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Federiko esa uchrashuvning 62-daqiqasida oyog‘idagi noqulaylik sabab zaxiraga olindi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Real Madrid Real Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

27 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar