Live
4
O'zbek

«MYU» Ait-Nurini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Futbol
26 oktabr, 04:59
Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 35 million yevroga baholamoqda.
«MYU» Ait-Nurini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Фото: Getty Images

«Manchester Siti» himoyachisi Raiyan Ait-Nuri qishki transfer oynasida jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «Manchester Yunayted» jazoirlik 25 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda. Ait-Nuri bu mavsumda «shaharliklar» safida yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti. Shu sababli u jamoasini o‘zgartirishga qarshi emas.

Eslatib o‘tamiz, Ait-Nuri 2025-yil iyun oyida «Vulverhempton»dan 31 million funt evaziga «Manchester Siti»ga o‘tgan. Uning jamoa bilan amaldagi shartnomasi 2030-yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 35 million yevroga baholamoqda.

Bu mavsumda u barcha turnirlar doirasida 3 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Manchester Siti Manchester Siti
Bugungi yangiliklar