Dunyoning 91-raketkasi, O‘zbekiston vakilasi Polina Kudermetova Xitoyning Guanchjou shahri mezbonligida o‘tayotgan WTA-250 musobaqasi ikkinchi davrasiga o‘ta olmadi. Birinchi bosqichda Polina Indoneziya vakilasi Janiche Chenga (dunyo reytingining 47-raketkasi) imkoniyatni boy berib qo‘ydi — 2:6, 2:6.
Polina Kudermetova 59 davom etgan bellashuvda 3 ta eys amalga oshirdi va 5 ta qo‘sh xatoga yo‘l qo‘ydi. O‘z navbatida Janiche Chen bahs davomida 4 ta eys amalga oshirib, biror marotaba ham qo‘sh xatoga yo‘l qo‘ymadi hamda 6 ta breyk-poyntning 4 tasidan unumli foydalandi.
Ma’lumot uchun, Guanchjoudagi musobaqa 1/4 finaliga chiqish uchun Janiche Chen Buyuk Britaniya vakilasi Xerriyet Dart bilan ro‘baro‘ keladi.