Bugun
50
O'zbek

«Bornmut» Skott uchun klub tarixidagi rekord shartnomani taklif qilmoqchi

Futbol
27 oktabr, 04:51
Ingliz klubi yarimhimoyachini jamoada olib qolish uchun yangi taklif tayyorlamoqda.
«Bornmut» Skott uchun klub tarixidagi rekord shartnomani taklif qilmoqchi
Foto: Getty Images

«Bornmut» rahbariyati yarimhimoyachi Aleks Skottni jamoada saqlab qolish harakatlarini davom ettirmoqda. TEAMtalk nashri ma’lumotiga ko‘ra, klub xo‘jayini Bill Foli futbolchiga yangi shartnoma taklifini ma’qullagan. Ushbu kelishuv «Bornmut» tarixidagi eng qimmat shartnomaga aylanishi mumkin.

Avvalroq 23 yoshli futbolchi «giloslar» bilan shartnomani uzaytirish taklifini rad etgan edi. Shunga qaramay, klub rahbariyati Skottni jamoada olib qolish umididan voz kechmagan.

Biroq yarimhimoyachining qishki transfer oynasida sotilishi ham mumkin. Manbaga ko‘ra, agar yanvar oyida «Bornmut» 118 million yevrolik taklif olsa, futbolchining ketishiga ruxsat berilishi ehtimoli bor. Angliyalik yarimhimoyachiga «Chelsi» va «Liverpul» klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Ma’lumot uchun, Aleks Skott ushbu mavsumda barcha musobaqalarda oltita bahsda maydonga tushib, bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bornmut Bornmut
Bugungi yangiliklar