Bugun
50
O'zbek

«Bu Bundesliga uchun muhim signal» — «Bavariya» direktori Keynning «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishi haqida

Futbol
27 oktabr, 04:10
Yan-Kristian Drezenga ko‘ra, Harri Keynning yutug‘i Germaniya chempionati uchun muhim ahamiyatga ega.
«Bu Bundesliga uchun muhim signal» — «Bavariya» direktori Keynning «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishi haqida
Foto: Getty Images

«Bavariya» bosh direktori Yan-Kristian Drezеn jamoa hujumchisi Harri Keynning 2026 yilgi «Oltin to‘p» sovrinini qo‘lga kiritgani haqida fikr bildirdi. Klub rahbari angliyalik futbolchining ushbu mukofotga munosib ekanini ta’kidlab, uning maydondagi va undan tashqaridagi fazilatlarini alohida e’tirof etdi.

«Harri Keyn bu sovringa har jihatdan munosib. U ko‘p yillar davomida rekordlarni birin-ketin yangilab kelmoqda. Ko‘plab gollar va golli uzatmalardan tashqari, uning ajoyib insoniy fazilatlarini ham yuqori baholaymiz.

Germaniya klubi futbolchisi 30 yil ichida ilk bor «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgani butun Bundesliga uchun muhim signaldir. Harri jahon futbolining eng yorqin namoyandalaridan biri va nafaqat futbol maydonida, balki undan tashqarida ham o‘rnak bo‘lishga arziydigan inson», — dedi Drezеn klub rasmiy saytiga bergan izohida.

«Bavariya» bosh direktori, shuningdek, klubning erkaklar va ayollar jamoalaridan ko‘plab nomzodlar, jumladan, bosh murabbiy Vensan Kompani ham e’tirof etilganini qayd etdi. Uning fikricha, bu jamoalar uchun muvaffaqiyatli o‘tgan mavsumlarning tasdig‘idir.

Ma’lumot uchun, Harri Keyn «Oltin to‘p» uchun ovoz berishda birinchi o‘rinni egallab, «Real» hujumchisi Kilian Mbappe va «Barselona» vingeri Lamin Yamalni ortda qoldirdi.

Eslatib o‘tamiz, Keyn «Bavariya» tarixida 45 yil ichida «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan ilk futbolchiga aylandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
Bugungi yangiliklar