Angliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel «Bavariya» hujumchisi Harri Keynni 2026 yilgi «Oltin to‘p» sovrinini qo‘lga kiritgani bilan tabrikladi. Mutaxassis futbolchining yutuqlarini e’tirof etib, uning jamoa uchun ahamiyatini alohida ta’kidladi.
«O‘yiningni ta’riflash uchun ortiq barcha orttirma darajadagi sifatlar ham qolmadi. Ammo nihoyat futbol olamida rasman e’tirof etilganingdan xursandman.
So‘nggi 25 yil ichida ushbu ulkan sharafga sazovor bo‘lgan ilk angliyalik futbolchi ekaning bu voqeani yanada ahamiyatli qiladi. Sen bizning yetakchimiz ekaningdan juda baxtiyormiz.
Bilaman, bu lahzadan yaqinlaring davrasida to‘liq bahramand bo‘lasan. Keyin esa o‘zing eng yaxshi uddalaydigan ishga — gol urish va o‘yinlarda g‘alaba qozonishga qaytasan», — deya Tuxelning so‘zlarini keltiradi BBC.
2025/26 yilgi mavsumda Keyn «Bavariya» bilan Germaniya Superkubogi, Germaniya kubogi va Bundesliga chempionligini qo‘lga kiritdi. Angliya milliy jamoasi safida esa 2026 yilgi jahon chempionatining bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Keyn 2025 yil avgustidan 2026 yil iyuligacha bo‘lgan davrda «Bavariya» va Angliya milliy jamoasi safida jami 65 ta bahsda maydonga tushib, 73 ta gol urgan.