«Bavariya» va Angliya milliy jamoasi hujumchisi Harri Keyn 2026 yil yakunlariga ko‘ra «Oltin to‘p» sohibi bo‘ldi. 33 yoshli futbolchi faoliyatida ilk bor ushbu nufuzli mukofotni qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa, Keyn ushbu sovrinni qo‘lga kiritgan beshinchi angliyalik futbolchiga aylandi. Angliyaning birinchi g‘olibi 1956 yilda «Blekpul» vakili Stenli Metyuz bo‘lgan.
1966 yilda «Manchester Yunayted» futbolchisi Bobbi Charlton mukofotni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 1978 va 1979 yillarda «Gamburg»da to‘p tepgan Kevin Kigan g‘oliblikni nishonlagan.
Keynga qadar «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan so‘nggi angliyalik futbolchi Maykl Ouen edi. «Liverpul» hujumchisi 2001 yilda ushbu sovringa sazovor bo‘lgan.
Ma’lumot o‘rnida, «Oltin to‘p» har yili France Football jurnali tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisiga topshiriladi.
Avvalroq «Bavariya» hujumchisi sovrinni qo‘lga kiritgach, ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida post qoldirgandi.