Bugun
50
O'zbek

Endrik «Milan» taklifini rad etdi

Futbol
26 oktabr, 23:30
Hujumchi Madridda qolib, asosiy tarkib uchun kurashishga qaror qilgan.
Endrik «Milan» taklifini rad etdi
Foto: Getty Images

«Real» hujumchisi Endrik qishki transfer oynasida «Milan»ga ijara asosida ko‘chib o‘tish taklifini rad etdi. Bu haqda Bernabéu Digital nashri xabar berdi.

Bungacha braziliyalik futbolchi yanvar oyida Italiyaning yetakchi klublaridan biriga ijaraga berilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Biroq Endrik Madridda qolib, asosiy tarkib uchun kurashishga qaror qilgan.

Shuningdek, «Real» hozircha futbolchining jamoadan ketishi bo‘yicha muzokaralar olib borishni rejalashtirmayapti.

Eslatib o‘tamiz, Endrik 2024-yilda «Palmeyras»dan «Real»ga ko‘chib o‘tgan. O‘tgan mavsumda esa braziliyalik forvard Fransiyaning «Lion» klubida ijara asosida to‘p tepgan.

Ma’lumot o‘rnida, ushbu mavsum hujumchi madridliklar safida barcha musobaqalarda 4 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 marta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Avvalroq «Real» «Milan»ning Endrik bo‘yicha taklifini rad etgani ma’lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Milan Milan
  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar