"Milan" "Real" hujumchisi Endrikni o'z safiga qo'shib olishga uringan, ammo madridliklar bu taklifni rad etgan. Bu haqda jurnalist Fabrizio Romano xabar berdi.
"Jerri Kardinale shaxsan Endrikning atrofidagi odamlar bilan bog'langan. Buni 100 foiz aniq bilaman. Lekin hozircha javob — "yo'q".
Balki "Real" transfer oynasining so'nggi kunlarida fikrini o'zgartirishi mumkin. Ehtimol, uni yana ijaraga berishi mumkin", — deya Fabrizio Romanoning so'zlarini keltiradi pianetamilan.it.
Avvalroq Endrikning "Real"da qolishi ma'lum qilingan edi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi