Bugun
8
O'zbek

Endrik "Real"da qoladi

Futbol
10 avgust, 16:24
Bunday qarorni uch tomon birgalikda qabul qilishgan.
Endrik "Real"da qoladi
Foto: Getty Images

Endrik bu yozda "Real"ni tark etmaydi.

20 yoshli hujumchi Madrid klubida qoladi va asosiy tarkibdan joy olish uchun kurashadi. Bunday qarorni futbolchining o'zi, "Real" rahbariyati hamda bosh murabbiy Joze Mourinio birgalikda qabul qilishgan.

Braziliyalik forvardga Yevropaning bir nechta klublari, jumladan, "Aston Villa" va "Roma" qiziqish bildirgandi.

Eslatib o'tamiz, Endrik o'tgan mavsumning ikkinchi yarmini "Lion"da ijara asosida o'tkazdi va 21 ta bahsda 8 ta gol urdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar