«Real» «El Klassiko»dagi g‘alabalar soni bo‘yicha yana «Barselona»dan o‘zib ketdi.
Joze Mourinio boshchiligidagi jamoa Ispaniya chempionatining 10-turida “Kamp Nou” stadionida kataloniyaliklarni 2:1 hisobida magʻlub etdi.
Bu «Real» uchun rasmiy «El Klasiko» bahslaridagi 107-g‘alaba bo‘ldi. «Barselona» esa bunday o‘yinlarda 106 marta ustun kelgan. Yana 52 ta o‘yin durang bilan yakunlangan.
Shuningdek, o‘zaro uchrashuvlarda kiritilgan to‘plar soni bo‘yicha ham «Real» ustunlikka ega: madridliklar hisobida 446 ta gol bo‘lsa, «Barselona» 442 ta gol urgan.
«Real» klasikodagi g‘alabalar soni bo‘yicha «Barsa»dan o‘zib ketdi
Futbol
25 oktabr, 22:00
47
Kataloniyadagi o‘yindan so‘ng tenglik buzildi.
Foto: Getty Images
25.10.2026
FT
Ispaniya La Ligasi
Barselona
1
:
2
Real Madrid
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi