Elit Chempionlar Ligasi 3-turidan avval «Madina Xalqaro» stadionida matbuot anjumanida «Paxtakor» murabbiyi Emilian Karas va futbolchi Bashar Resan qatnashdi.
Karas: «Air Force» juda yaxshi jamoa va ertangi bellashuv juda qiyin kechishini kutyapmiz. Ular juda tartibli va uyushqoq holda o‘ynashadi. Himoyada raqibga bo‘sh hudud qoldirmaslikka intilishadi. Shu sababli maydonda jang bo‘ladi.
Futbolda barcha jamoa g‘alaba qozonishni istaydi. Buni xohlamagan murabbiy yoki futbolchining o‘zi yo‘q. Biz yutuq uchun maydonga tushamiz. Maydonda nimalar bo‘lishini o‘yin ko‘rsatib beradi.
Resan: «Bu yerda ekanimizdan xursandman. Sobiq jamoamga qarshi o‘ynayman. «Paxtakor»ni iliq kutib olishgani uchun rahmat aytaman. «Air Force» Iroqning eng kuchli klublaridan biri va doimo Osiyo klublar musobaqalarida ishtirok etadi. Ertaga juda qiziqarli o‘yin bo‘ladi deb o‘ylayman. Biz g‘alaba uchun harakat qilamiz, uch ochko bilan uyga qaytsak yanada xursand bo‘lardik».
Emilian Karas: «Yutuq uchun maydonga tushamiz»
Futbol
25 oktabr, 23:00
«Sherlar» murabbiyi Emilian Karas va futbolchi Bashar Resan matbuot anjumanida qatnashdi.
Фото: Пахтакор ПФК
26.10.2026, 14:15
Osiyo Chempionlar Ligasi
Al Quwa Al Jawiya
-
:
-
Paxtakor Toshkent