Live
11
O'zbek

Elit OCHL. «An Nasr» — «Al Vasl» bahsi boshqa muddatga ko‘chirildi

Futbol
25 oktabr, 10:40
BAA klubi OFKga murojaat qilib, Saudiyaga parvoz bilan bog‘liq muammolar sababli bellashuvni qoldirishni so‘ragan.
Elit OCHL. «An Nasr» — «Al Vasl» bahsi boshqa muddatga ko‘chirildi
Foto: Getty Images
26.10.2026, 15:15 Osiyo Chempionlar Ligasi Al Nassr Al Nassr - : - Al-Wasl Al-Wasl

Ertaga, 26-oktyabr kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan «An Nasr» va «Al Vasl» o‘rtasidagi bahs boshqa muddatga ko‘chirildi.

Dastlab bellashuv Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahridagi «Qirol Saud universiteti» stadionida bo‘lib o‘tishi belgilangan edi.

Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, «Al Vasl» jamoasining ayrim legioner futbolchilari Saudiya Arabistoniga safar qilishdan bosh tortgan. Biroq klub OFKga yo‘llagan murojaatida o‘yinni ko‘chirish zaruratini parvoz bilan bog‘liq muammolar bilan izohlagan.

Hozircha bahsning yangi sanasi haqida ma’lumot berilmagan.

Ma’lumot uchun. «An Nasr» Saudiya Arabistoni, «Al Vasl» esa Birlashgan Arab Amirliklari sharafini himoya qiluvchi klublardan hisoblanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Al Nassr Al Nassr
  • Al-Wasl Al-Wasl
  • Osiyo Chempionlar Ligasi Osiyo Chempionlar Ligasi
Bugungi yangiliklar