Ispaniya chempionatining 10-turida «Atletik» o‘z maydonida «Xetafe»ni 4:0 hisobida mag‘lub etdi. Mezbonlar birinchi bo‘limdayoq ikkita gol urib, qulay ustunlikni qo‘lga kiritdi.
17-daqiqada Aleks Berenger hisobni ochdi. 35-daqiqada Inyaki Uilyams farqni oshirdi. Ikkinchi bo‘limda Aytor Paredes 70-daqiqada uchinchi golni urdi, 88-daqiqada esa Yuri Berchiche yakuniy hisobni o‘rnatdi.
La Liga. 10-tur
Atletik — Xetafe 4:0
Gollar: Berenger 17, Inyaki Uilyams 35, Paredes 70, Berchiche 88.
Atletik: Unai Simon, Ugo Rinkon, Daniel Vivian, Aytor Paredes, Yuri Berchiche, Inyigo Ruis (Benat Gerenabarrena, 18), Niko Uilyams (Alejandro Rego, 68), Inyaki Uilyams (Xesus Viskay Urtado, 85), Peio Kanales (Benat Prados, 84), Aleks Berenger, Maroan Sannadi (Kristian Imga, 68).
Xetafe: David Soria, Daniel Karvaxal, Kiko Femenia (Saba Sazonov, 46), Xoan Moxika (Davinchi, 71), Nemanya Gudel, Jan Iv Valu, Francho Serrano (Andres Garsiya, 46), Ramon Terrats (Enes Unal, 71), Mario Martin, Martin Satriano, Ivan Monson (Borxa Mayoral, 71).