Chimkentning «Ordabasi» klubi Qozog‘iston Premyer-ligasining 2026-yilgi mavsumida muddatidan avval chempionlikni qo‘lga kiritdi.
«Ordabasi»ning chempionligi Olmaotaning «Qayrat» klubi chempionatning 29-turida «Aqtobe»ga qarshi bahsda ochko yo‘qotganidan so‘ng oydinlashdi. Uchrashuv 2:2 hisobida yakunlandi.
Chempionat tugashiga bir tur qolganida Andrey Martin shogirdlarining eng yaqin ta’qibchisidan farqi to‘rt ochkoni tashkil etmoqda. Bu esa «Ordabasi»ga mavsum yakuniga qadar yetib olib bo‘lmaydigan ustunlikni ta’minladi.
Shu tariqa, Chimkent klubi o‘z tarixida ikkinchi marta Qozog‘iston chempioniga aylandi. Jamoa ilk bor 2023-yilgi mavsumda mamlakatning eng kuchli klubi bo‘lgan edi.
Qozog‘iston chempionatida eng ko‘p chempionlikni qo‘lga kiritgan klub esa poytaxtning «Ostona» jamoasi bo‘lib, uning hisobida yettita titul bor.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi