Bugun
24
O'zbek

Kubarsi: «Juda ko‘p o‘yinlarni o‘tkazdik. Jamoada charchoq to‘plandi»

Futbol
26 oktabr, 02:00
Kataloniya klubi markaziy o‘yinda mag‘lub bo‘ldi.
Kubarsi: «Juda ko‘p o‘yinlarni o‘tkazdik. Jamoada charchoq to‘plandi»
Фото: Getty Images
25.10.2026 FT Ispaniya La Ligasi Barselona Barselona 1 : 2 Real Madrid Real Madrid

«Barselona» himoyachisi Pau Kubarsi La Liga 10-turidan o‘rin olgan «Real»ga (1:2) qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, Kataloniyadagi bellashuvda «Real» Kilian Mbappening dubli evaziga g‘alaba qozondi.

«Buni bahona sifatida aytmoqchi emasman, ammo o‘yinlar taqvimi juda zich bo‘ldi. Juda ko‘p bellashuv o‘tkazdik, tabiiyki, charchoq to‘plandi. Lekin mag‘lubiyatni shu bilan oqlab bo‘lmaydi. Har bir o‘yinda g‘alaba uchun maydonga tushishimiz kerak. Bugun esa kutilgan natijani ko‘rsata olmadik. Lekin hali oktabr oyi, butun chempionat oldimizda», – deya Kubarsining so‘zlarini keltiradi Barca Universal.

Ma’lumot uchun, «Barselona» mag‘lub bo‘lganiga qaramay, La Liga turnir jadvalida peshqadamligini saqlab turibdi – jamoa o‘n turdan so‘ng 27 ochko to‘plagan. «Real Madrid» esa 24 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Real Madrid Real Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar