Bugun
24
O'zbek

«Mash’al» stadionida yangilanish ishlari davom etmoqda

Futbol
26 oktabr, 02:13
«Gazchilar» Superliga turnir jadvalida 4 ochko bilan 16-pog‘onada bormoqda.
«Mash’al» stadionida yangilanish ishlari davom etmoqda
Фото: Машъал ПФК

Superliga ishtirokchisi «Mash’al» klubi stadionida infratuzilmani yaxshilash va muxlislar uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Klub matbuot xizmati xabar berishicha, ayni vaqtda stadion tribunalarini to‘liq ta’mirlash ishlari yakunlandi. Endi navbat tribunalarга yangi o‘rindiqlarni o‘rnatishga keldi. Ushbu ishlar stadionning ko‘rinishini yanada yaxshilash va muxlislar uchun qulayliklarni oshirishga xizmat qiladi. Shuningdek, klub akademiyasi binosining tom qismi ham qisman ta’mirlandi.

«Mash’al» futbol klubida infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan ishlar bosqichma-bosqich davom ettirilmoqda», - deyiladi klub xabarida.

Ma’lumot uchun, «gazchilar» Superliga turnir jadvalida 4 ochko bilan 16-pog‘onada bormoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Mashal Mashal
Bugungi yangiliklar